Персональный сайт учителя информатики - Diagramma va grafiklarni tahrirlash
Dushanba, 22.12.2014, 12:49
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
300
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 190
Statistika

Barcha online: 0
Mehmon: 0
Foydalanuvchilar: 0

Diagramma va grafiklarni tahrirlash

8-dars. Diagramma va grafiklarni tahrirlash.

 

 

Microsoft Excel dasturining yana bir imkoniyati bu diagrammalar bilan ishlashdir. Buning uchun u Office paketi tarkibiga kiruvchi qo'shimcha Microsoft Graph dasturiga murojaat etadi. Diagrammada tasvirlanadigan grafikning asos sonlarini kiritganimizdan keyin   Standart (Standartnaya) uskunalar panelidan   Master diagramm (Diagrammalar ustasi) uskunasini tanlaymiz. Natijada diagrammalarni yaratish ustasi yuklanadi. Diagramma yaratish jarayoni 4 ta bosqichdan iborat.

 

 

1 - bosqich. Diagramma turini va shaklini tanlash

Bu bosqichda biz Tip (Tur) ro'yxatidan biror bir diagramma turini va Vid (Ko'rinish) guruhidan tashqi ko'rinishini tanlab Dalee> (Davom et) tugmasini bosamiz. Diagrammalarning bir qator turlari mavjud: gistogramma, lineychataya (chiziqsimon), grafik, doiraviy (krugovaya), nuqtaviy (tochechnaya), sohali (s oblastyami), halqali (kolsevaya), yaproqli (lepestkovaya), sirt ko'rinishida (poverxnost) va hokazo

 

Diagramma yaratish jarayonini bekor qilish uchun Otmena (Bekor qilish) tugmasini bosish kerak.

 

2 - bosqich. Diagrammada asos bo'ladigan sonlar manzilini ko'rsatish.

Bu bosqichda diagrammaga asos bo'ladigan sonlar manzili ko'rsatiladi va zarurat tug'ilsa, Ryad (Qator) bo'limida grafik va qator nomlari belgilanadi.

 

 

3 - bosqich. Diagramma parametrlarini, nomini va o'qlar nomlarini kiritish.

 

 

Bu bosqichda Nazvanie diagrammi (Diagramma nomi) satrida diagramma nomini, X ?qi (Os X) va (Os Y) satrlarida X va U o'qlarining nomlari kiritiladi va Dalee (Oldinga) tugmasi bosiladi. Avvalgi oynaga (bosqichga) qaytish uchun Nazad (Ortga) tugmasini bosish kerak.

 

4 - bosqich. Diagramma joylashish joyini ko'rsatish.

 

 

Diagramma deyarli tayyor bo'ldi, uni qaerga joylash kerakligini ko'rsatish kerak. Diagramma joriy jadvalga yoki alohida jadvalga joylashishi mumkin. Joriy jadvalga diagrammani o'rnatish uchun imeyushemsya (joriy)ni tanlab, Gotovo (Tayyor) tugmasini bosamiz. Alohida joyga o'rnatish uchun esa otdelnom (alohida) ni tanlab, Gotovo (Tayyor) tugmasini bosamiz. Natijada tayyor diagramma hosil bo'ladi.


 

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2014  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2014