Персональный сайт учителя информатики - 8-dars
Shanba, 10.12.2016, 13:48
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
300
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 387
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

8-dars

Kompyuterdagi kalkulyatordan foydalanish

Hisob-kitob ishlarini bajarishda kompyuter insonga juda yaxshi yordamchidir. Hozirgi kunda hisob-kitoblarni bajarishga yo'naltirilgan ko'plab maxsus dasturlar ishlab chiqarilgan. «Kalkulyator» dasturi shular jumlasidan bo'lib, u oddiy kalkulyatorning vizual (ko'rinishli) nusxasidan foydalanish imkoniyatini beradi.

 

Kalkulvator qanday ishga tushiriladi?

Windows kalkulyatorini sichqoncha yordamida ishga tushurish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi (rasmga qarang):


1.      Pusk tugmasi tanlanadi.

2.      Pusk menyusi ro'yxatidan Programmalar (Программы) bo'limi tanlanadi.

3.     Programmalar bo'limidan Standartniye (Стандартные) bo'limi tanlanadi.

4.     Standartniye bo'limidan Kalkulyator (Калькулятор) bo'limi tanlanadi.

Natijada Windows ish stolida quyidagi ko'rinishdagi kalkulyator namoyon bo'ladi. Ko'rib turganingizdek, bu kalkulyator ko'rinishi oddiy kalkulyatordan farq qilmaydi.

Kalkulyator qanday tashkil etilgan?

Kalkulyatorda sarlavha satri, menyular satri, sonlarni aks ettirish ekranchasi va quyidagilar bor:

1)   raqamlar yozilgan tugmachalar;

2)    arifmetik amallar:

«+» - qo'shish, «-» - ayirish, «x» - ko'paytirish, «/» - bo'lish;


3)   boshqa amallar:

«sqrt» - kvadrat ildiz chiqarish, «%» - foiz hisoblash, «l/х» - teskari sonni hisoblash, «+/-» - son ishorasini almashtirish, «,» - sonni butun va kasr qismga ajratish, «=» amalni bajarish;

4)                xotira bilan ishlash amallari:

«MR» - xotiradan ekranchaga chaqirish, «МС» - xotirani tozalash (xotiradagi sonni o'chirish), «MS» - ekranchadagi sonni xotiraga yozish, «М+» - ekranchadagi sonni xotiradagi songa qo'shish;

5)    o'chirish tugmachalari:

«Backspace» - ekranchadagi oxirgi raqamni o'chirish, «СЕ» - ekranchadagi oxirgi sonni o'chirish, «С» - bajarilayotgan barcha amallarni va ekranchadagi sonni o'chirish.

Kalkulyatorda amallar qanday bajariladi?

Kalkulyatorning menyular satri quyidagi  3 ta menyudan iborat:

Tahrir

Ko'rinish

Ma'lumot

(Правка)

(Вид)

Справка)

 

Tahrir menyusi sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish yordamida ochiladi. U Nusxalash (Копировать) va Joylashtirish (Вставить) amallaridan iborat.

Amallar yonida, mos ravishda, Ctrl+C va Ctrl+V tezkor klavishalar juftligi ko'rsatilgan. Klavishlar juftligidan qanday foydalanishni avvalgi darslarda ko'rib o'tilgan.

Ko'rinish menyusi kalkulyatorning Oddiy (Обычный) va Muhandislik (Инженерный) ko'rinishlaridan birini tanlash imkonini beradi.

Odatda, sondagi raqamlarni guruhlarga ajratish sonning qiymatini aniqlash uchun qulay bo'ladi. Ko'rinish menyusining Guruhlardagi raqamlar soni (Количество цифр в группе) amali shu imkoniyatni berish uchun kiritilgan.

Ma'lumot menyusi yordamida kalkulyatorning barcha imkoniyatlari, qanday ishlatilishi va kim tomonidan ishlab chiqarilganligi haqidagi ma'lumotlarni olish mumkin.

Quyida sichqoncha va yordamchi klavishlar orqali kalkulyatorni ishlatishga doir misollar keltirilgan. Bunda Num Luck indikatori yonib turgan bo'lishi lozim.

 

Hisoblang: 59*4 + 114/3. Hisoblashni bajarish uchun:

1)  klavishlar yordamida 59 yoziladi;

2)   «*» klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida «*» amali tanlanadi

3)   klavishalar yordamida 4 yoziladi

4)     ko'paytmani hisoblash uchun Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida «=» amali tanlanadi;

5)  ekranchadagi sonni xotiraga yozish uchun sichqoncha yordamida «MS» amali tanlanadi;

6)   klavishlar yordamida 114 yoziladi;

7)     «/» klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida «/» amali tanlanadi;

8)   klavishlar yordamida 3 yoziladi;

9)  bo'linmani hisoblash uchun Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida «=» amali tanlanadi;

10)  ekranchadagi sonni xotiradagi songa qo'shish uchun sichqoncha yordamida «М+» amali tanlanadi;

11) natijani ekranchaga chiqarish uchun sichqoncha yordamida «MR» amali tanlanadi.

JAVOB : 274

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2016  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2016