Персональный сайт учителя информатики - Fayllar va kataloglar
Shanba, 10.12.2016, 13:46
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
300
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 387
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

Fayllar va kataloglar

5-dars. Fayllar va kataloglar. 

Dars maqsadi:

O'quvchilarni fayl, katalog, katalog osti, katalog usti, joriy katalog bilan tanishtirish. 

Asosiy tushunchalar:

Fayl, katalog, katalog osti, katalog usti, joriy katalog. 

Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo'yiladi. O'qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo'llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. 

Mavzuni yoritish:

Disk formatlanganda hosil bo'lgan har bir yo'lakdagi sektor adres va ma’lumot maydonidan iborat bo'ladi. Adres maydoniga  disk, yo'lak, sektor nomerlari va nazorat yig'indisi deb ataluvchi kod yoziladi. Bu ma’lumotlar diskdan kerakli axborotni topishni ta'minlaydi. Ma’lumotlar maydoniga esa foydalanuvchining axboroti, amaliy dastur qismi, matnli axborot yoki boshqa biror ma’lumot yoziladi. Foydalanuvchining axboroti diskda alohida yozuvlar to'plamlari shaklida saqlanadi.

Biror nomga ega bo'lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma’lumotlar majmuini fayl deb yuritiladi. Har bir fayl o'z nomiga egadir. Fayldagi ma’lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo'lishi mumkin. Masalan, diskka yozilgan beysik tilidagi biror dastur yoki matn muharririda yozilgan biror matn alohida faylga misol bo'la oladi.

Fayllar haqidagi to'la ma’lumotlar disklardagi kataloglarda saqlanadi. Demak, katalog -    bu fayllar nomlari, ularning hajmi, xususiyatlari (atributlari), so'nggi  yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan diskdagi maxsus joy. Agar katalogda biror fayl nomi bo'lsa, shu fayl mazkur katalogda joylashgan deb aytiladi. Diskda bir nechta katalog bo'lishi mumkin. Har bir katalogda bir qancha fayllar joylashishi mumkin, lekin har bir fayl faqat bitta katalog ro'yxatida bo'ladi.

 

 Savol va topshiriqlar.

 

1.     Fayl deganda nimani tushunasiz?  Misollar yordamida javobingizni izohlab bering.

2.     Disk formatlanganda hosil bo'lgan har bir yo'lakdagi sektor nimalardan iborat bo'ladi?

3.     Adres maydoniga  yozilgan kod nimalarni o 'z  ichiga oladi?

4.     Fayl nomlariga turli talablar qo'yilishiga operatsion sistemaning ahamiyati bormi?

5.     Fayl kengaytmasini misollarda tushuntiring.

6.     Kompyuter yordamida fayl va fayl kengaytmasini yozilish usullarini ko'rsating.

7.     Katalog  boshqa bir katalog ro'yxatida bo'lishi mumkinmi?

8.     Katalog nomiga qo'yiladigan talablar fayl nomiga qo'yiladigan talablardan farq qiladimi?

9.     Katalog nomiga kengaytma qo'yiladimi?

10.                       Katalog osti, usti yoki ona katalog deganda nimani tushunasiz

11.         Kompyuter yordamida kataloglardan foydalanish usullarini ko'rsating.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2016  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2016