Chorshanba, 24.04.2024, 19:00
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 504
Statistika

Barcha online: 3
Mehmon: 3
Foydalanuvchilar: 0

Matematik formulalar bilan ishlash

5-dars. Matematik formulalar bilan ishlash.

 

Excel kataklariga uch xil ma'lumotlar kiritish mumkin:

1. Matnli ma'lumotlar - sarlavha, belgi, izohlarni o'z ichiga oladi;

2. Sonli ifodalar - bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir;

3. Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo'yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.

Ulardan birinchi ikkitasi bevosita jadval katagiga kiritilishi mumkin.

Formulalar esa maxsus formulalar satriga kiritiladi. Formulalar har doim "=" belgisini qo'yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan so'ng, shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo'ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o'zgartirilsa, dastur avtomatik tarzda yangi ma'lumotlar bo'yicha hisoblash ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil bo'ladi. Excel dasturida hisob-kitoblarni olib borishda iloji bo'lsa, ma'lumot joylashgan katakni ko'rsatishga harakat qilish kerak.

 

Masalan:

 

 

Excel dasturida mavjud standart arifmetik, statistik va boshqa turdagi funksiyalardan foydalanish mumkin. Birorta funksiya yoki (arifmetik, matematik va hokazo) amalni hisoblashdan oldin asos bo'ladigan qiymatlarni kiritish lozim. Bundan keyin esa ular ustida funksiya va amallarni bajarish mumkin bo'ladi. Kerakli sonlar (qiymatlar) jadvalga kiritilganidan keyin, Standartnaya (standart) uskunalar panelidan   Vstavka funksii (Funksiyani joylash) uskunasini tanlaymiz.

Natijada quyidagi oyna hosil bo'ladi:

 

 

U ikkita qismdan iborat:

Kategoriya -funksiya turlari guruhi. U quyidagilarni o'z ichiga olgan:

     - 10 nedavno ispolzovavshixsya (Oxirgi qo'llanilgan o'nta) - oxirgi 10 ta qo'llanilgan funksiya ro'yxati;

     - Polniy alfavitniy perechen - to'liq funksiyalar ro'yxati;

     - Finansovie (Moliyaviy) - moliyaviy funksiyalar ro'yxati;

     - Matematicheskie (Matematik) - matematik funksiyalar ro'yxati;

     - Statisticheskie (Statistik) - statistik funksiyalar ro'yxati

          

Funksiya - funksiyani tanlash qismi. Masalan, Matematicheskie (matematik) guruhi quyidagi funksiyalarni o'ziga olgan:

     - ABS - sonning absolyut qiymatini hisoblash;

     - ACOS - sonning arkkosinusini hisoblash;

     - ACOSH - sonning giperbolik arkkosinusini hisoblash;

     - ASIN - sonning arksinusini hisoblash;

     - SIN - sonning sinusini hisoblash;

     - COS - sonning kosinusini hisoblash;

     - ATAN - sonning arktangensini hisoblash;

     - EXP - sonning eksponentasini hisoblash;

     - LN - sonning natural logarifmini hisoblash;

     - TAN - sonning tangensini hisoblash;

     - Koren (Ildiz) - sonning ildizini hisoblash;

     - Seloe (Butun) - sonni butun songa aylantirish;

     - Summa (Yig’indi) - bir nechta sonlar yig’indisini hisoblash;

     - Proizved (K?paytma) - bir nechta sonlar ko'paytmasini hisoblash.

Kerakli funksiyani tanlaganimizdan keyin 2-chi bosqich oynasi hosil bo'ladi:

 

 

u yerda biz son (Chislo) satrida hisoblanadigan son(lar) manzil(lar)ini ko'rsatib, OK tugmasini bosamiz.
Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024