Персональный сайт учителя информатики - Interfeys
Shanba, 10.12.2016, 13:45
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
300
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 209
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

Interfeys

2-dars.  Interfeys.  

Dars maqsadi:

O‘quvchilarni interfeys, apparatli interfeys, dasturiy interfeys, foydalanuvchi interfeysi, yumshoq va qattiq interfeyslar, grafik interfeys bilan tanishtirish. 

Asosiy tushunchalar:

Interfeys, apparatli interfes, dasturiy interfeys, foydalanuvchi interfeysi, yumshoq interfeys, qattiq interfeys, grafik interfeys. 

Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi. 

Mavzuni yoritish:

Kompyuter ishlashi uchun apparatli (Hardware) ta’minotdan tashqari dasturiy (Software) ta’minot  ham muhim ahamiyatga egadir.  Kompyuter tizimini tashkil etuvchi bu ikki vositaning o‘zaro aloqasi interfeys deyiladi.

 

Interfeys bir necha turga bo‘linadi, ya’ni:

  • apparatli interfeys;
  • dasturiy interfeys;
  • apparatli-dasturiy interfeys. 

Apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar ta’minlaydi.  Dasturiy ta’minot bilan apparatli ta’minot o‘rtasidagi mutanosiblikni operatsion sistema boshqaradi. Kompyuterli tizim samarali ishlashi uchun apparatli va dasturiy ta’minotdan tashqari foydalanuvchi qatnashadi. Foydalanuvchi kompyuterda ishlashi jarayonida uning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti bilan ham aloqada bo‘ladi.

Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqatga kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi.

Dasturlar xilma-xil bo‘lgani uchun ularning interfeysi ham turlicha bo‘ladi.   Foydalanuvchi interfeysini xususiyatlariga ko‘ra bir nechta turga ajratish mumkin.

Dasturning ishlash muhitiga qarab, dastur nografik yoki grafik interfeysga ega bo‘ladi.

 

Savol va topshiriqlar

1.     Apparatli ta’minot deganda nimani tushunasiz?

2.     Kompyuterni ishga tushirishda dasturli ta’minotni zaruriyati bormi?

3.     Interfeys deganda nimani tushunasiz?

4.     Apparatli interfeysni misollar yordamida tushuntiring.

5.     Dasturiy interfeys nima ?

6.     Apparatli-dasturiy interfeys deganda nimani tushunasiz?

7.     Foydalanuvchi va foydalanuvchi interfeysi deganda nimani tushunasiz?

8.     Foydalanuvchi interfeysini xususiyatlariga ko‘ra qanday turlarga ajratiladi?

9.  Dastur qachon grafik yoki nografik interfeysga ega deyiladi?

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2016  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2016