Персональный сайт учителя информатики - IV BOB
Shanba, 10.12.2016, 13:43
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
300
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 209
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

IV BOB

IV. TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISH

25- modda. O'zbekiston Respublikasi Vaurlar Mahkamasining ta`lim sohasidagi vakolatlari
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining talim sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: Talim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; Talim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish; Talimni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqarish va amalga oshirish; Talim muassasalarini tashkil etish.qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash; Talim muassasalarini akkreditasiyadan,pedagog,ilmiy kadriarni attestasiyadan o'tkazish tartibini belgilash; Boshqa davlatlarning talim muassasalariga O'zbekiston Resppublikasinig hududida talim faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi ruhsatnomalar berish; Qonun hujjatlariga muvofiq horijiy davlatlarning talim to'g'risidagi hujjatlarini tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash; Davlat talim standartlarni tasdiqlash; Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to'g'risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; Davlat grantlari miqdorini va talim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash; Davlat oliyta'lim muassasasining rektorlarinitayinlash; Ta'limoluvchilarniakkreditasiyaqilinganbirta'lim muassasasidan boshqasiga o'tkazish tartibini belgilash; Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakoltlar.

26- modda. Ta`limni boshqarish bo`yicha vakolatli davlat organlarining huquq doyrasi
Talimni boshqarish boyicha vakolatii davlat organlarining huquq doyirasiga quyidagilar kiradi: Talim sohasida yagona davlat siyosatmi ro'yobga chiqarish; Talim muassasalari faoliyatmi muvofiqlashtirish va usiub masalalarida ularga rahbarlik qilis; Davlat talim standartlari,mutahassislarning bilim saviyasini va kasb tayyogarligiga bo'lgan talablar bajarilishni ta'minlash; O'itishning ilg'or shakllari va yangi pedagogik tehnologiyalarni,ta' limning tehnik va ahborot vositalarini o'quv jarayoniga yoriy etish; O'quv va o'quv usiubiyat adabiyotlarini yaratish va nashr etishni tashkil qilish; Talim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va davlat talim muassasalarida eksternat to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash; Davlat oliy talim rnuassasasining rektorini tayinlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish; Pedagog hodimlarni tayyorlashni,ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish; Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

27- modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta`lim sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: Talim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta'minlaydilar; Talim muassasalarini tashkil etadilar,qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida bo'lgan muassasalar bundan mustasno),ularning ustavlarini ro'yhatga oladilar; O'z hududidagi talim muassasalarini vakolat darajasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilaydilar; Talim sifati va darajasiga,shuningdek pedagog hodimlarning kasb faoliyatigabo'lgan talablarigarioyaetilishmita'milaydilar; Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.

28- modda. Ta`lim muassasasini boshqarish
Ta'lim muassasasmi uningrahbariboshqaradi. Talim muassasalarida qonun huJJatlariga muvofiq faoliyat Ito'rsatadiganjamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi murnkin.

29- modda. Talim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat talim muassasalari o'rtasida o'zaro munosabatlar
Talim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat talim muassasalarida talim to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi. Nodavlat talim muassasalari talim to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditasiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to'htatib qo'yishga haqli.
Nodavlat ta'lim muassasalariga qabul davlat o'quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.

YAKUNLOVCHI HULOSALAR

30- modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari uchun javobgardirlar.

31- modda.. Ta'limni moliyalash
Davlat ta'lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy byudjetlar mablaglari, shuningdek byudjetdan tashqari mablaglar hisobidan amalga oshiriladi.

32- modda. Ta'limni rivojlantirish fondlari
Ta'limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.

33- modda. Xalqaro hamkorlik
Ta'lim muassasalari ta'lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli o'quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o'rnatish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo'shma o'quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega.

34- modda. Ta'lim to'grisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ta'lim to'g`risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo'lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2016  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2016