Chorshanba, 24.04.2024, 10:47
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 504
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

11-dars

Internetda ishlashni ta'minlovchi dasturlar

 

Internet - axborotlar ummoni. Undan siz istalgan mavzuga oid xohlagancha ma'lumot olishingiz mumkin. Lekin internetga kirish, undan kerakli ma’lumotlarni olish qanday amalga oshiriladi? Ushbu darsda internetda ishlash imkonini beruvchi dasturiy vositalar bilan tanishasiz.

 

Web-brauzerlar

Siz avvalgi sinflarda bir nechta amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word - matn, Paint - grafik ko'rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisob-kitob ishlarini bajarishga mo'ljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so'z bo'lib, ko'rishni ta'minlash, ko'rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 1990-yil CERN (Yevгора Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners Li tomonidan ishlab chiqilgan.

Hozirgi kungacha juda ko'p Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper, Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet Explorer va Power Brovser -shular jumlasidandir. Shulardan eng ko'p foydalaniladigani Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida brauzerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.

Web-brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

·        Web-sahilalarni xotiraga yuklash va ko'rish;

·        Web-sahifani diskka yozib qo'yish (saqlash);

·        WWW dagi adresi bo'yicha Web-sahifani chaqirish.

 

Internet Explorer dasturi interfeysi

Internet Explorer dasturi quyidagi usullarda ishga tushiriladi:

·        Masalalar panelidagi piktogrammasi yordamida;

·        Windows ish stolidagi fayl belgisi yordamida;

·        Quyidagi ketma-ketlikdagi buyruqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:

 

Internet Explorer dasturida ishni tugallash uchun X piktogrammasini yoki fayl menyusining Закрыть - ya'ni yopish buyrug'ini tanlash yoki [Alt]+|F4| tugmalarini birga bosish yetarli.

Internet Explorer kompyuterga yuklanganda quyidagi ko'rinishdagi oyna ochiladi:



Sarlavha satrida dastur (Microsoft Internet Explorer) hamda joriy hujjat nomi aks etib turadi.

Menyular satri quyidagilardan iborat:

 

Har bir menyu ma'lum amallarni bajarishga mo’ljallangan buyruq va ko'rsatmalar majmuyidan iborat. Ularning asosiylarini ko'rib chiqamiz.

Fayl menyusi orqali asosan Web-sahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni o'z nomi yoki boshqa nom bilan saqlab qo'yish, Web-sahifani qog'ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi.

Tahrir menyusi yordamida qirqib olish, nusxa olish, joy lash tirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin.

Ko'rinish menyusi tarkibiga usosan, dasturning ekrandagi ko'rinishiga ta'sir etuvchi (uskunalar paneli, adreslar satri, holat satrini ekrandan olib qo'yish yoki joyiga qaytarib qo'yish, shrift o'lchami va kodlash usulini o'zgartirish) amallar kiradi.

Tanlangan menyusiga kirgan amallar yordamida asosan, o'zingizga yoqqan yoki ko'p foydalanadigan Web-sahifalarni saqlab qo'yish, ularga yangilarini qo'shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin.

Servis menyusi dastur xususiyatlanni sozlash (dastur ishga tushirilganda avtomatik yuklanadigan Web-sahifani tanlash, Web-sahifadagi audio, video va animatsiyalarini ko'rsatish yoki ko'rsatmaslik va hokazo) uchun mo'ljallangan.

Ma'lumot menyusi yordamida Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma'lumot olish mumkin.

 

Internet Explorer dasturining uskunalar paneli

Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba'zilari kam qo'llanilsa, ba'zilari tez-tez qo'llaniladi. Ko'p qo'llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalar paneli tashkil etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuidan iborat bo'lib, har bir tugma ma'lum amalni bajaradi.


Uskunalar paneliga yangi amallar kiritish yoki undagi ixtiyoriy amalni olib tashlash mumkin. Quyida uskunalar paneliga kirgan asosiy amallar keltirilgan:


Bu amallar odatda Internet Explorer menyulariga deyarli murojaat qilmasdan ishlashni ta'minlaydi.

Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo'lib, oson o'zlashtiriladi. Chunki bu dastur yordamida asosan Internet tarmog'idagi Web-sahifa ochiladi va zarur bo'lsa, qog'ozga chop etiladi yoki diskda saqlab qo'yiladi.

Internet tarmog'idagi Web-sahifani ochish uchun Internet Explorerning adreslar satriga kerakli Web-sahifa adresini yozib, ENTER tugmasini bosish kifoya. Masalan, adreslar satriga www.rambler.ru deb yozib, ENTER tugmasini bossak, bir necha soniyadan keyin ma'lumotlar oynasida rambler.ru Web-sahifasi paydo bo'ladi. Xuddi shunday ketma-ket bir nechta Web-sahifani ochish mumkin. Uskunalar panelidagi "orqaga" va "oldinga" amallari yordamida ochilgan Web-sahifalar bo'ylab harakatlanish, ya'ni oldingi yoki keyingi ochilgan Web-sahifaga o'tish mumkin. Web-sahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Web-sahifa ochilish jarayonida uning qismlari

ekranda asta-sekin kо’rinib boradi. Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi "To'xtatish" tugmasini bossangiz. Web-sahifani internetdan qabul qilish to'xtatiladi va ma'lumotlar oynasida mazkur Web-sahifaning o'qib ulgurilgan qismi qoladi.

 

Ma'lumotlar oynasidagi Web-sahifani qog'ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi "chop etish"' tugmasi bosiladi. Tez-tez murojaat qilib turiladigan Web-sahifalarni "Tanlangan" papkasiga qo'shib qo'yish mumkin. Buning uchun uskunalar panelidagi "tanlangan" tugmasi bosiladi.

Hosil bo'lgan "Tanlangan" oynasidagi "Qo'shish..." Добавить...) tugmasi bosilsa, ekranga "Tanlanganlarga qo'shib qo'yish" (Добавление в избранное) lavhasi chiqadi. Bu lavhadagi "Ok" tugmasi bosilsa, ko'rsatilgan Web-sahifa "Tanlangan" papkasiga qo'shib qo'yiladi. Keyinchalik "Tanlangan" papkasiga kirganda, undagi Web-sahifalar ro'yhatida mazkur Web-sahifa nomini ko'rish mumkin. Endi bu Web-sahifani chiqarish uchun uning ro'yxatdagi nomini tanlash kifoya.


Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024