Juma, 19.04.2024, 10:04
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 743
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

Ta'lim standartlari

5 SINF

6 SINF

7 SINF

8 SINF

9 SINF



 
O’quvchilar informatikaga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malaka elementlarini egallashlari shart :
 
        2.1. Kompyuter bilan tanishuv.
        Kompyuter honasi uchun Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiyena talablari. Kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning vazifalari. Kompyuterning ba’zi qo’shimcha qurilmalari, vazifalari. Klaviaturada ishlashning boshlang’ich saboqlari. Sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalari. Kompyuter hisoblash vositasi sifatida. Kompyuterda sodda rasmlar hosil qilish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko’nikmalarini chuqurlashtirishga yo’naltirilgan kompyuter o’yinlari bilan tanishish.
 
 
        O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Kompyuterda ishlashda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish. Kompyuterning asosiy qurilmalarini va ularning vazifalarini bilish. Klaviaturadan foydalana olish ( katta va kichik harflarni, sonlarni, maxsus belgilarni kirita olish). Sichqonchadan foydalana olish. Kompyuterdagi kalkulyator dasturidan foydalana olish. Grafik muharrirda sodda rasmlar hosil qila olish. O’yin dasturlaridan foydalana olish. Windows oynasi ustida amallar (ochish, yopish, siljitish, o’lchamlarini o’zgartirish…) bajarish.
 
        Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Kompyuterni elektr mabaiga to’g’ri ulash va o’chirish. Klaviatura va sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish. Sichqoncha bilan ishlash jarayonida Windows muhitiga ilk qadam qo’yish: Windows oynasi ustida amallar (ochish, yopish, siljitish, o’lchamlarini o’zgartirish…) bajarish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko’nikmalarini chuqurlashtirishga yo’naltirilgan kompyuter o’yinlari orqali o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish.
 
        Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Kompyuterning qo’shimcha qurilmalarini bilish va ishlata olish. Grafik muharrirda sodda rasmlar hosil qilish. Windows oynasi ustida amallarni bajarish. Sichqonchadan foydalanib kompyuter o’yinlarini ishlata olish.




  1. UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI INFORMATIKA TA’LIMI MAZMUNINING MAJBURIY MINIMUMI.

 
2. O’QUVCHILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA QO’YILADIGAN ZARURIY TALABLAR.
 


Davlat Ta’lim Standarti

         O’quvchilar informatikaga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malaka elementlarini egallashlari shart :


        «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da,  kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va  texnologiyalarning  zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan  holda qayta qurish  nazarda tutiladi,  deb ta’kidlangan. Informatika va axborot texnologiyalari jahonda jadal sur’atlar bilan rivojlanib, takomillashib borayotgan sohadir.
        Yangi ta’lim tizimiga o’tilayotgan hozirgi davrda har bir fanning o’qitish mazmunini qayta tahlildan o’tkazish va bunda tubdan isloh qilish nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo’ladi.
        Natijada kompyuter savodining tayanch tabaqasi o’z vaqtida amalga oshadi va boshqa fanlarni o’rganish sohasida ham muayyan yutuqlarga erishish mumkin bo’ladi.
        Umumiy o’rta ta’limda «Informatika » kursining maqsadi - o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va  keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan xissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat.

        Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika ta’limining asosiy vazifalari:


        Umumiy o’rta maktab informatika ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o’rta maktabda beriladigan informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi mazmunining majburiy minimumi hamda o’quvchilarning informatikadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
        Informatika ta’limi majburiy minimumi umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarga informatikadan berilishi zarur bo’lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi.
        Informatika ta’limining tayanch qismi mazmuni  axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining  istiqbollari bo’limlaridan iborat.


        2.1. Axborot.
        Axborot va axborot jarayonlari. Informatika kursining maqsadi va vazifalari. Axborot turlari va xususiyatlari. Axborot bilan ishlash jarayonlari va vositalari. Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari va bu sohadagi ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish. Axborot bilan ishlashga aloqador vositalar haqida  tasavvurga ega bo’lish. Sanoq sistemasi va  amallar. Axborot miqdori va uzatish tezligining o’lchov birliklarini bilish. Ma’lumotlarni kompyuterda tasvirlanishi va kodlash haqida tasavvurga ega bo’lish.

        2.2.Internetda ishlash asoslari .
        Axborotli olam muammolari va Internet. WWW ning asosiy imkoniyatlari va vazifasi. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida va dasturning imkoniyatlari. Internet Explorer dasturining vazifalari. Internetdan ma’lumotlarni olish usullari. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida.


        3.1. Axborot.
        O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlar haqida yetarlicha tasavvurga ega bo’lish. Axborot turlari va xususiyatlarini bilish. Axborotlar bilan ishlashga oid buyuk yurtdoshlarimizning qarashlari va bu sohadagi ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish. Axborot bilan ishlashga aloqador vositalar haqida  tasavvurga ega bo’lish. Axborot miqdori va uzatish tezligining o’lchov birliklarini bilish. Axborot tarmoqlari haqida tasavvurga ega bo’lish. Jamiyatimizda axborotlashtirishga oid qabul qilingan qonunlar mohiyatini va ahamiyatini tushunish. Ma’lumotlarni kompyuterda tasvirlanishi va kodlash haqida tasavvurga ega bo’lish.
        Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlarga misollar keltira olish. Axborot miqdori va uzatish tezligini hisoblashga doir sodda masalalarni hal qila olish. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o’tkazishni uddalash.
        Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajara olish. Axborotlarni kodlash malakasiga ega bo’lish.

        3.2.  Internetda ishlash asoslari.
        O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Axborotli olam mummolari va Internet. Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida, uning vazifalarini va dasturning imkoniyatlari bilan tanishtirish. Elektron pochtadan foydalanish va Internetdan ma’lumotlarni olish usullari bilan tanishtirish. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida tushuncha berish.
        Quyidagi ko‘nikmalarni egallashlari zarur: Internetda haqida va Internetda ishlashni ta’minlovchi  dasturlar haqida hamda uning vazifalarini ayta bilish; Internetda ma’lumotlarni bilish texnologiyasining bilishi, nusxa olish va saqlash qoidalari haqida tushunchaga ega bo‘lishi; Elektron pochta va undan foydalanishning qisman bilishi; axborotlarni ximoyalashni elementar usulda va komputerda antiviruslar fayliga kirib virusga tekshira olishni bilishi kerak. 
         Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:  O‘quvchini Internet tizimida ishlashga zarur dasturlar va ularning bajaradigan ishlari bilan tanishtirish. Elektron pochta dasturining ishlash tartibi va Internet yordamida ma’lumotlarni olish usullari bilan tanishtirish. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida tushuncha berish.



        O’quvchilar informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursiga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malaka elementlarini egallashlari shart:


        «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da,  kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va  texnologiyalarning  zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan  holda qayta qurish  nazarda tutiladi,  deb ta’kidlangan. Informatika va axborot texnologiyalari jahonda jadal sur’atlar bilan rivojlanib, takomillashib borayotgan sohadir.
        Yangi ta’lim tizimiga o’tilayotgan hozirgi davrda har bir fanning o’qitish mazmunini qayta tahlildan o’tkazish va bunda tubdan isloh qilish nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo’ladi. Natijada kompyuter savodining tayanch tabaqasi o’z vaqtida amalga oshadi va boshqa fanlarni o’rganish sohasida ham muayyan yutuqlarga erishish mumkin bo’ladi.
        Umumiy  ta’lim maktablarining 8-9-sinflarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kursining maqsadi - o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va  keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan xissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat.

        Umumiy ta’lim maktablarida Informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining asosiy vazifalari:
        Umumiy ta’limda informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursi oldiga qo’yilgan vazifalarning (8-,9-sinf o’quvchilari uchun) bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish  ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumta’lim maktablarida beriladigan informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanining mazmunining majburiy minimumi hamda o’quvchilarning informatikadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
        Informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining majburiy minimumi umumiy ta’lim maktablarida o’quvchilarga informatikadan berilishi zarur bo’lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi.


        2.1. Zamonaviy kompyuterlar.
        Hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlari (mexanik mashinalargacha bo’lgan, mexanik mashinalar, elektromexanik mashinalar, elektron hisoblash mashinalari davri). EXM avlodlari va ularning tavsifi. Shaxsiy kompyuter, uning arxitekturasi. Kompyuter qurilmalari: protsessor, tezkor xotira, doimiy xotira, tashqi xotira (egiluvchan magnit disk, qattik disk-vinchester, CD- disk, fleshka, strimmer, magnit tasma), , nurli pero, rasm plansheti, monitor, diskyurituvchi, printer, skaner, plotter, joystik,  registr, trigger, soundblaster, modem, videoproyektor, doimiy quvvat manbai. Mantiqiy amallar va sxemalar.

        2.2. Axborot texnologiyalari.
        Dasturiy ta’minot: Operatsion sistema va uning vazifalari, amaliy dasturlar, uskunaviy dasturlar. Magnit disklar bilan ishlash (fayl, katalog). Magnit disklarning turlari va xususiyatlari; Interfeys va uning turlari;
 
        2.3. Web-sahifa yaratish.
        HTML haqida tushuncha va web-brauzerlar. Web – sahifaga matn joylashtirish. Web – sahifaga jadval va ro’yxat joylashtirish. Web – sahifada gipermurojaat. Web – sahifaga rasm joylashtirish. Web – sahifada rasm yordamida o’tish. Boshqa web-sahifalar bilan aloqa va tarkibiy web-sahifalar. Web-sahifada formalar.


       3.1. Kompyuterlar.
       O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlarini ajrata bilish. EHM avlodlari davrlarini bilish. Har bir avlod EHMlarining tavsiflarini bilish. Shaxsiy kompyuter va uning asosiy va tashqi (vinchester va CD-disklar, fleshka) qurilmalari haqida ma’lumotga ega bo’lish; Kompyuterning mantiqiy va fizik tuzilishi (arxitekturasi) haqida tushunchaga ega bo‘lish; mantiqiy amallar va elementlarni bilish.
        Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Kompyuterni elektr mabaiga to’g’ri ulash va o’chirish. Mulohazalar ustida amallar bajara olish. Hisoblash texnikasi taraqqiyotinig har bir davriga xos hisoblash qurilmalariga misollar keltira olish;
        Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalarini bilish va ishlata olish.

         3.2. Axborot texnologiyalari.
        O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Dasturiy ta’minot va uning turlari haqida tushunchaga ega bo’lish. Operatsion sistema va uning vazifalarini bilish. Fayl va kataloglar haqida tushunchaga ega bo’lish. Kompyuterning tashqi xotira turlari va xususiyatlarini bilish. Interfeys va uning turlarini bilish. Qobiq dasturlar va ularning vazifalarini bilish.
        Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Fayllar va kataloglar bilan ishlash. Kompyuterning tashqi xotira qurilmalari bilan ishlash. Windows operatsion sistemasida ishlay olish.
        Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Amaliy dasturlardan foydalana olish. Operatsion sistema va uning vazifalarini bilish.

        3.3. Web-sahifa yaratish.
        O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: HTML va web-brauzerlar nimaligini, web-sahifaga matn, jadval, ro’yxat va rasmlarni qanday joylashtirilashini, gipermurojaat va formalar hosil qilishni, tarkibiy web-sahifalar nimaligini bilish.
        Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Web – sahifaga matn,  jadval, ro’yxat va rasmlarni joylashtirishni,  gipermurojaat va formalar hosil qilishni,  tarkibiy web-sahifalar hosil qilishni uddalay olish.
        Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: HTML da berilgan mavzu bo’yicha to’laqonli web-sahifa yarata olish.


Davlat Ta’lim Standarti

         O’quvchilar informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursiga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malaka elementlarini egallashlari shart: 


        «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da,  kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va  texnologiyalarning  zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan  holda qayta qurish  nazarda tutiladi,  deb ta’kidlangan. Informatika va axborot texnologiyalari jahonda jadal sur’atlar bilan rivojlanib, takomillashib borayotgan sohadir.
        Yangi ta’lim tizimiga o’tilayotgan hozirgi davrda har bir fanning o’qitish mazmunini qayta tahlildan o’tkazish va bunda tubdan isloh qilish nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo’ladi. Natijada kompyuter savodining tayanch tabaqasi o’z vaqtida amalga oshadi va boshqa fanlarni o’rganish sohasida ham muayyan yutuqlarga erishish mumkin bo’ladi.
        Umumiy  ta’lim maktablarining 8-9- sinflarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari » kursining maqsadi - o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va  keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan xissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat.

        Umumiy ta’lim maktablarida Informatika ta’limining asosiy vazifalari:
        Umumiy ta’limda informatika kursi  oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumta’lim maktablarida beriladigan informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanining mazmunining majburiy minimumi hamda o’quvchilarning informatikadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
        Informatika ta’limi majburiy minimumi umumiy ta’lim maktablarida o’quvchilarga informatikadan berilishi zarur bo’lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi.

        2.1. Taqdimot slaydlarini yaratish.
        Taqdimot o’tkazishga oid slayd tayyorlash texnologiyasini o’rgatish. Slaydlarni yaratish va  tahrirlash, slayd shablonlaridan foydalanish. Slaydlarga rasm, grafik va diagrammalarni o’rnatish. Windows ilovalari hujjatlaridan foydalanish. Slaydlarga animatsiya effektlarini o’rnatish. Slaydlarga audio va video fayllarni qo’yish. Taqdimot namoyish etish texnologiyasi bilan tanishtirish.

        2.2. Axborot ombori.
        Ob’ekt va uning tavsifi, tavsif qiymati. O’quvchilarga ma’lumotlar ombori va jamg’armasi haqida ma’lumot berish. Ma’lumotlar omborida axborotlarni joylashtirish strukturasi. Ma’lumotlar omborini boshqarish sistemalari. Ma’lumotlarni to’plash, saqlash, izlash, joylashtirish  va qayta ishlash usullari bilan tanishtirish. O’quvchilarni ma’lumotlar omborini tuzish va axborotlarni qayta ishlash usullari bilan tanishtirish. Ma’lumotlar ombori tuzish uchun ob’ektlarning asosiy xususiyatlarini ajrata olishni o’rgatish.
 
        2.3. Elektron jadvallar.
        Elektron jadval va uning vazifalari haqida ma’lumot berish. Elektron jadvalning elementlari. Matematik formulalar bilan ishlash. Diagramma va grafiklarni hosil qilish. Ma’lumotlarni tartiblash va saralash.

        2.4. Dasturlash asoslari.
        O’quvchilarga kompyuterda masala yechish bosqichlarini o’rgatish. Model, model turlari (matematik, fizik, biologik), matematik modellashtirish. Algoritm, uning xossalari (diskretlilik, tushunarlilik, aniqlik, ommaviylik (umumiylik), natijaviylik), tasvirlash usullari, turlari. Dasturlash         tillari va ularning vazifalari.   Dasturlash tilining asosiy  elementlari. Dasturlash  tilining asosiy operatorlari. Miqdorlar. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar. Shakl yasovchi va fayllar bilan ishlash operatorlari. Qism dasturlar (protsedura va funksiyalar).

        3.1. Taqdimot slaydlarini yaratish.
        O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Taqdimot uchun slaydlarni yaratish, tahrirlash, shablonlardan foydalanish, xatolarni tekshirish va rasm, grafik, diagrammalarni o’rnatishni bilish. Windows ilovalari hujjatlaridan foydalanish, slaydlarda animatsiya effektlarini o’rnatish, slaydlarga audio va video fayllarni qo’yish texnologiyasini bilish
        Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Slaydlarni yaratish va  tahrirlash, slayd shablonlaridan foydalana olish. Slaydlarga rasm, grafik va diagrammalarni o’rnata olish. Windows ilovalari hujjatlaridan foydalana olish. Slaydlarga animatsiya effektlarini o’rnata olish. Slaydlarga audio va video fayllarni qo’ya olish.
        Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Berilgan mavzu bo’yicha taqdimot tayyorlash va unga mos slaydlar hosil qila olish.

        3.2     Axborot ombori.
        O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Ob’ekt va uning tavsifi, tavsif qiymatini bilish. Ma’lumotlar ombori va jamg’armasi haqida tushunchaga ega bo’lish. Ma’lumotlar omborida axborotlarni joylashtirish strukturasi haqida ma’lumotga ega bo’lish. Ma’lumotlar omborini boshqarish sistemalari haqida tasavvurga ega bo’lish. Axborotlarni ma’lumotlar omboriga to’plash, saqlash, izlash, joylashtirish va qayta ishlash usullari haqida tasavvurga ega bo’lish. Ma’lumotlar omborini hosil qilish va tahrirlash usullarini bilish.
        Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: Ma’lumotlar ombori va jamg’armasini farqlay olish. Ma’lumotlar omborida axborotlarni joylashtirish strukturasini tuza olish. Ma’lum bir (MS Access) ma’lumotlar omborini boshqarish sistemasida ishlay olish.
        Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:  MS Access dasturida berilgan mavzu bo’yicha ma’lumotlar ombori tuza olish.

        3.3. Elektron jadvallar.
        O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Elektron jadval va uning vazifalarini bilish. Satr, ustun, yacheyka va yacheykalar bloki haqida tushunchaga ega bo’lish. Jadvalga arifmetik formulalarni kirita bilishi. Tartiblash va saralash, grafik va diagramma haqida tasavvurga ega bo‘lish.
        Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur: MS Excel elektron jadvalida ishlay olish. Matematik formulalardan foydalana olish. Grafik va diagrammalar hosil qila olish. Jadvaldagi ma’lumotlarni tartiblash va saralashni uddalash.
        Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim: Elektron jadval yordamida turli masalalarni hal eta olish.

        3.4. Kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari.
        O’quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo’lishlari zarur: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlarini bilish. Model va uning turlarini bilish. Algoritm va ijrochi haqida tushunchaga ega bo’lish. Algoritmning asosiy xossalarini bilish. Dasturlash va dasturlash tillari, dastur haqida tushunchaga ega bo’lish. Dasturlash tilining umumiy qoidalarini bilish. Miqdorlar va operatorlar haqida tushunchaga ega bo’lish. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va  takrorlanuvchi dasturlar haqida tasavvurga ega bo’lish. Qism dasturlar (protsedura va funksiyalar) haqida tasavvurga ega bo’lish.
        Quyidagi ko’nikmalarni egallashlari zarur:  Sodda masalalarni matematik modelini tuzish. Sodda masalalar uchun algoritmni turli usullarda tasvirlash (formula, blok-sxema va x.k.). Tayyorlangan algoritmlar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar tuza olish.
        Quyidagi malakalarga ega bo’lishlari lozim:  Matematika, fizika, iqtisod va boshqa sohalarning sodda masalalarini yecha olish (Paskal tilida dastur tuzish).

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024