Juma, 29.03.2024, 00:06
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 736
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

3-dars

Axborotlar ustida

bajariladigan amallar

Avvalgi darslarda axborotni aniqlash va undan foydalanishga oid mashqlarni bajardingiz. Bunda Siz berilgan qonuniyatlarga ko'ra axborot oldingiz, ya'ni axborot to'pladingiz (hosil qildingiz), olingan axborotni daftaringizga qayd etdingiz, ya'ni saqlab qo'ydingiz, shu axborotga asosan o'ylab ko'rib xulosa chiqardingiz, ya'ni qayta ishladingiz va berilgan vazifani hal etdingiz, ya'ni axborotni ishlatdingiz. Mashqni bajarish jarayonida axborotni eslab qolish va boshqa ko'rinishga o'tkazishga to'gri keldi. Bu darsda shu kabi axborotlar ustida bajariladigan amallardan asosiylarini ko'rib chiqamiz.

Axborotli jarayonlar

Axborot ustida hosil qilish, to'plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o'lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko'rinishga o'tkazish, tarqatish, bo'laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin. Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.

Axborotlar ustida bajariladigan amallarning ko'plari sizga tanish. Masalan, axborotni to'plash, birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni o'zlashtirish jarayonida, boshqa ko'rinishga o'tkazish yoki formallashtirish amallaridan matematika va fizika darslarida formulalar, tenglamalar va jadvallar tuzib, nusxalash amalidan esa Paint va Word dasturlarida ko'p foydalandingiz. Keyingi darslarimizda axborotlar ustida bajariladigan kodlash va buzish amallari bilan tanishasiz.

To'plangan axborotlardan kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo'yish kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi. 


Shu kabi axborot tashish vositalariga ko'plab misol keltirish mumkin.

Axborotni qayta ishlash va uzatish

Axborotlarni qayta ishlash deganda bir axborotdan biror-bir amal bajarib boshqa axborotni hosil qilish tushuniladi. Axborotlarni qayta ishlash axborotlarni ko'paytirish va ko'rinishlarini o'zgartirish uchun zarurdir.

Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to'plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko'nishdan boshqa, kerakli ko'rinishga o'tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.

Kitob о 'qiganda, televizor ко 'rganda yoki suhbatlashganda, biz doimo axborot qabul qilamiz va uni o'zimizga kerak bo'lgan ко 'rinishga о 'tkazish maqsadida qayta ishlaymiz, уa'ni boshqaramiz.

Inson uchun axborotlarni to'plashda uning barcha sezgi a'zolari xizmat qiladi, uzoq masofadagi axborotlarni to'plash uchun esa bu yetarli emas - buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi.

Shuning uchun ham azaldan axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar - ularni to'plash, qayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bo'lgan ehtiyoji ortib borgan va shunga ko'ra har xil uskunalar yaratib, hayotga tatbiq eta boshlagan.

Axborotlarni qayta ishlash vositalari - bu inson tomonidan ishlab chiqarilgan turli qurilmalardir. Ular ichida eng asosiysi va samaradori kompyuterdir.

Quyidagi rasmda kurrai-zaminimizdagi turli hududlarda ob-havo ma'lumotini to'plash va uzatish jarayoni aks ettirilgan:


Avvalgi darslardan va yuqoridagi rasmdan xulosa qilib, har qanday axborot uzatish jarayonini quyidagi chizma orqali tasvirlash mumkin:

 

Hayvonlarni tabiiy biologik sistema sifatida o'rganishda ularning tashqi muhitdan kelayotgan signallarga nisbatan qanday darajada va qanday holda ta'sir ko'rsatishiga katta etibor berish kerak, chunki o'rganilayotgan jonivor olayotgan axborotdan qanday foydalanayotganini bilmasdan turib, uning harakatlariga to'liq baho berib bo'lmaydi.

Bu hol tabiat va jamiyatdagi boshqariladigan barcha jarayonlar uchun ham o'rinlidir. Ulardagi axborotli jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini tahlil qila olmaymiz va tabiiyki, aniq natijaga kela olmaymiz. Biror qaror qabul qilishda asosiy manba bo'lib axborot hisoblangani kabi, boshqarish ham turli usullarda uzatilayotgan har xil signallar - axborot orqali amalga oshiriladi.

Masalan, dehqonlar yuqori hosil olish uchun ob-havoning qanday kelishiga qarab qachon yerni shudgorlash, qachon sug'orish zarurligini aniq biladilar. Bunda o'z tajribalaridan hosil bo'lgan axborotlarga asoslanib ish yuritadilar. Shunga ko'ra, turli texnika va usullarni qo'llash bo'yicha tadbirlar belgilanadi. Bundan ko'rinadiki, dehqonlarning matbuot, radio va televideniye orqali e'lon qilinadigan ob-havo ma'lumotlariga katta e'tiborni qaratishlari bejiz emas ekan.

Keltirilgan misollar axborotlarni to'plash va ularni qayta ishlash kabi jarayonlarni o'z ichiga olganligini ko'rish mumkin.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Mart 2024  »
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024