Chorshanba, 17.04.2024, 00:21
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 742
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash

Word dasturida raqamlar bilan yoki biror ko’rinishdagi belgi (marker) bilan tartiblangan ma’lumotga ro’yhat deyiladi.

Masalan:

1.                             Abdullayev B.

2.                             Valiyev I.  

3.                             Sattorova N.      

4.                             Saidova N.

Olma

anor           

uzum

nok

Ro’yhat hosil qilish uchun Formatlash uskunalar panelidagi Нумерованный список по умолчанию  yoki Маркированный список по умолчанию piktogrammalaridan keraklisi bosilsa, 1. yoki marker belgisi chiqadi. Yozuvni kiritib ENTER klavishi bosiladi. Natijada keyingi qatorda 2. yoki marker belgisi avtomatik tarzda chiqadi. Shu yo’sinda ro’yhat davom ettiriladi.

Hu shu amallarni Формат menyusining Список bandi darchasi orqali ham bajarish mumkin.

6.12.1

Jadval vertikal va gorizotal chiziqlar ya’ni ustun va satrlardan iboratdir.  Ustun va satrlarning kesishishidan katakchalar hosil bo’ladi. Jadvallarda ma’lumotlar shu katakchalarga kiritiladi. 

 

6.12.2

Jadvalni ustun va satrlar chеgaralagan. Ushbu chеgarani biz sichqoncha yordamida o’zgartirishimiz (siljitishimiz) mumkin. Buning uchun kеrakli chеgaraga chizig’i ustiga sichqonchani olib boramiz, shunda sichqoncha quyidagi ko’rinishlarga o’tishi mumkin.

6.12.3

WORD da jadvallar tuzishning bir nechta usullari mavjud .

1.  Uncha katta bo’lmagan jadvallar hosil qilish uchun odatda asboblar panelida joylashgan Jadval qo’shish (добавить таблицу) tugmasidan foydalanamiz.

2.  Jadval menyusining  (добавить таблицу) bo’lagidan foydalansak ham bo’ladi, bunda yordamchi muloqot oynasida satr va ustunlar soni beriladi.

3.  Jadval va chegara (Таблицы и границы) tugmasi yoki Таблица>Добавить таблицу  ketma – ketligi jadvalni qo’lda chizish imkonini beradi.

Sichqonchaning chap tugmasini qo’yib yubormasdan , ko’rsatkichni yurg’izib, jadval kattaligini o’zgartirsa bo’ladi.

Yacheykalar ustida amallar bajarish

Hosil qilingan jadval katakchalarini birlashtirish yoki bo’lib tashlash  mumkin, bo’ning uchun  Jadval menyusining Объеденить ячейки (kataklarni birlashtirish) yoki разбить ячейки (kataklarni bo’lish) bo’yrug’i beriladi. Kursorni bir katakdan ikkinchisiga o’tkazish uchun  TAB yoki ko’rsatkichli tugmallardan foydalanamiz.

Jadval bo’yicha harakatlanish uchun quyidagi tugmalardan foydalanishimiz mumkin:

ENTER   Yacheykaga yangi abzats kiritish

Shft+Tab satrdagi keyingi yacheykaga kursorni o’tkazish

Alt+Home satrdagi birinchi yacheykaga kursorni o’tkazish

Alt+ PgUp   ustundagi birinchi yacheykaga kursorni olib borish

Alt+PgDn   ustundagi oxirgi yacheykaga kursorni olib borish

Ctrl+Tab     Yacheykaga tabulyatorni qo’yish

 

Jadval va chegara asboblar paneli.

Jadval va chegara asboblar paneli jadvallar bilan ishlashda  juda qulay hisoblanadi. Bu panelni hosil qilish uchun ixtiyoriy asboblar panelida sichqonchaning o’ng tugmasini bosish  va hosil bo’lgan darchadan Таблицы и границы bo’limini tanlash kifoya.

 

Таблицы и границы bo’limi darchasi quyidagi ko’rinishga ega.

 

6.12.4

Bu  asboblar paneli yordamida quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:

 

JADVAL VA CHEGARA  (таблицы и границы) panеli

Карандаш - Jadval chiziqlarini sichqon yordamida chizish

Резинка - Jadval chiziqlarini o’chirish

Тип - Chiziq turini (ko’rinishini ) o’zgartirish

Размер линий - Chiziq razmеri (qalinlik darajasi)

Цвет линий - Chiziqlar rangini o’zgartirish

Обрамление - Chеgaralash (jadvalni tashqi va ichki chеgaralarini chеgaralash)

Заливка - Jadval xonalarini bo’yoqlash

Объеденить ячейки - Bir nеcha tanlangan xonalarni jamlash (birlashtirish)

Разбить ячейки - Tanlangan xonani bir nеcha xonalarga bo’lish

Центрировать по верхней грани - Jadval xonasida matnni yuqori qism bo’yicha ростлаш

Центрировать по центру - Jadval xonasida matnni o’rta bo’yicha rostlash

Центрировать по нижней грани - Jadval xonasida matnni pastki qism bo’yicha rostlash

Выровнить высоту строк - Tanlangan satrlarni bo’yini rostlash (bir xil qilish)

Выровнить ширину столбцов - Tanlangan ustunlar enini rostlash (bir xil qilish)

Сортировка - Alfavit bo’yicha ma'lumotlarni saralash

Сортировка - Alfavitga qarshi xolatda ma'lumotlarni saralash

 

Jadvallarda matnli ma’lumotlardan tashqari raqamli ma’lumotlar bo’lishi ham mumkin, bu ma’lumotlar ustida hisoblash amallarini bajarish uchun jadvalga formulalarni qo’yish mumkin, bo’ning uchun quyidagi buyruqlar ketma–ketligi bajariladi.

Таблица> Формула. Hosil bo’lgan muloqot oynasidan zarur formula tanlanadi va OK tugmasi bilan tasdiqlanadi.

Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Aprel 2024  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024