Персональный сайт учителя информатики - II BOB
Shanba, 10.12.2016, 13:49
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
300
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 387
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

II BOB

II. TA'LIM TIZIMI VA TURLARI.

9 - modda. Ta'lim tizimi.
Ta'lim tizimi quyidagilarni o'z ichiga oladi: Davlat talim standartlariga muvofiq talim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat talim muassasalari; Talim tizimining faoliyat ko'rsatishi va rivojlamshmi ta'mmiash uchun zarur bo'lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar; Talim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdekk ularga qarashli korhonalar, muassasalar va tashkilotlar. O'zbekiston Respublikasining talim tizimi yagona va uzluksizdir.

10-modda. Ta`lim turlari.
O'zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: Maktabgacha ta'lim; Umumiy o'rta ta'lim; O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; Oliy ta'lim; Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; Maktabdan tashqari ta'lim.

11-modda. Maktabgacha ta'lim
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim 6-7 yoshgacha oilada bolalar bog'chasida va mulk shaklidan qat'i nazar boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi.

12-modda. Umumiy o'rta ta`lim.
Umumiy o'rta ta'lim bosqichlari quyidagicha: Boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar); Umumiy o'rta ta'lim (IV-IX sinflar). Boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan savodhonlik, bilim va ko'nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o'rta ta'lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko'nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo'naltirishga va ta'limning navbatdagi bosqichni tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyat iste'dodni rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.

13- modda. O`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi.
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim olish maqsadida har kim umumiy o'rta ta'lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishning yo'nalishni ihtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo'yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos bo'ladigan o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi beradi. Akademik litsey o'quvchilarining intelektual qobiliyatlarini jadal o'stirishni ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo'naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydigan uch yillik o'rta mahsus o'quv yurtidir. Kasb-hunar kolleji o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta'minlaydigan uch yillik o'rta kasb-hunar o'quv yurtidir.

14- modda. Oliy ta`lim
Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi. Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o'quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta'lim muassasalarida) o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta'lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma'lumot to'g'risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriyat va magistraturaga ega. Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha bakalavriyat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.


15- modda .Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim
Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgandir. Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim oliy o'quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad'yunktura, doktarantura, mustaqi1 tadqiqotchilik) olinishi mumkin. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

16- modda. Kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko'nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilanishni ta'minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadi.

17- modda. Maktabdan tashqari ta'lim
Bolalar va o'smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish ularning bo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy, estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga bolalar, o'smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, san'at maktablari, musiqa maktablari, studiya, kutubxonalar, sog'lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko'rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladi.

18-modda. Oiladagi ta'lim va mustaqil ravishda ta'lim olish.
Davlat oilada ta'lim olishga va mustaqil ravishda ta'lim olishga ko'maklashadi. Bolalarni oilada o'qitish va mustaqil ravishda ta'lim olish tegishli ta'lim muassasalarining dasturlari bo'yicha amalga oshiriladi. Ta'lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo'sinda yordam ko'rsatiladi.

19- modda. Ta'lim tog'risidagi hujjatlar
Akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to'g'risida hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma'lumot to'g'risidagi hujjat oilada ta'lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta'lim muassasalarining tegishli ta'lim dasturlari bo'yicha ekstern tartibida imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta'lim muassasalarida o'qitilishi shart bo'lgan ro'yhati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo'yiladigan mutaxassisliklar bundan mustasno. Oliy ma'lumot to'g'risidagi diplomga o'zlashtirilgan fanlar ro'yhati, ularning hajmlari va fanlarga qo'yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi. Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. Davlat ta'lim standartlariga mos kelgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o'rtasidagi ikki tomonlama bitimlar asosida bar ikki tomonning ma'lumot to'g'risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o'zaro tan olinishi mumkin. Tegishli bosqichdagi ta'limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma'lumotnoma beriladi. Davlat tasdiqlagan namunadagi ma'lumot to'g'risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta'lim muassasalarida ta'lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisos bo'yicha ishlash huquqini beradi.
Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  Dekabr 2016  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2016