Juma, 29.03.2024, 13:27
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Microsoft Office dasturlaridan qaysilarini yaxshi bilasiz?
Barcha javoblar: 736
Statistika

Barcha online: 5
Mehmon: 5
Foydalanuvchilar: 0

Bosh sahifa » 2011 » May » 16 » 7-sinflar uchun “Intelektual ring” o`yini tadbiri ishlanmasi
03:20
7-sinflar uchun “Intelektual ring” o`yini tadbiri ishlanmasi

"  Intelektual  ring"   o`yini

 

 

Tadbir  rejasi

1. Doskada – "Intelektual  ring o`yiniga  xush  kelibsiz!"

2. Chiqish.

O`yinni olib  boruvchilar  (2 kishi.).

1-boshlovchi: Bugungi yig'ilishimizning asosiy sababi 7-a va 7-b sinf  o`quvchilarining  bilimlarini  sinash.

2-boshlovchi: Bugun  biz bu  ikki  sinfdan qaysi  biri kompyuter sohasida kuchli  bilimga  egaliklarini  aniqlab  olamiz.

1-boshlovchi: Ana tadbirimizga  ishtirok  etish  uchun  mehmonimiz ham yetib  keldilar!

Dasturchi  kirib  keladi

Ingliz tilida: Menga  bu yerda informatika  fanidan o`yin o'tkazilayotganini  aytishdi. "Men sizlarni bu o`yin bilan qutlayman! va  g`olib   sinfga  o`zimning  maxsus sovg'amni  topshiraman!"

2-boshlovchi: Bo`lmasa  o'yinimizni  boshlaymiz!

1-boshlovchi: Ha, avvalom  bor  o`yinni  haqqoniy  baholab borish uchun  hakamlarni aniqlab olaylik.

O'yinni baholab borish uchun  hakamlar  3 kishidan  iborat.

Hakamlarning  ismi  familiyasi  o`qib  eshittiriladi.

2-boshlovchi: Endi o`yinimizni  boshlasak ham bo`ladi.  Marhamat  guruhlar  o`zlarini  tanishtirsin.

Guruhlar  o'zlarini  tanishtiradi.

7-А  guruhi

7-B   guruhi

1-boshlovchi:  Endi  o`yinimizni boshlaymiz.

O'yin.

1-boshlovchi: savollarni  o`qiydi qaysi guruh  tayyor  bo'lsa  qo`l  ko`tarib  javob  beradi.

Intelektual ring savollari

1. Shunday dasturlar  borki ular  kompyuterda  ko`payib boradi va dasturlarni  buzish  bilan mashg`ul bo`ladi,  bu qanday dasturlar?

 

2. Men bolalarimni jo`nataman  va qabul  qilaman. Qachonlardir meni  kaptarli deb atashardi, keyin qog`ozli  bo`ldim, so`ngra  meni samalyotli deyishdi, hozir  meni elektron  deyishadi. Men bolalarimni  jo`natishim va qabul  qilishim uchun bir nech tugmachani  bosish yetarli.   Men kimman  va  bolalarim kim?

 

3. Shunday   so`z  bor ,  bu  so'z   arifmetik  amallarni bajarish  tartibini  keltirib  chiqargan  buyuk alloma M.A. Xorazimiy  nomi  bilan  bog`liq. Bu   qanday  so`z?

 

4. Avval edim  yovoyi , dumim uzun,

    Har  bir stolda borman  bugun

    Lazerli,  sharikli, nomlanaman

    Internetda sayohatinga  yordamchiman.

    (sichqoncha)

 

5. Biz  nuqtalar- ekranda  ko`pchilikmiz,

    Oq  qoramiz, ranglimiz, yaltillaymiz,

    va "P” harfidan  boshlab nomlanamiz. 

    Biz  kim?  (Piksellar)

 

6. Men og`izga  o`xshayman,

    Tilim yo`q, lekin gapiraman,

    Ovqatlanmayman  tishim yo`q

    Men  kimman……… (Kolonka)

 

7. To`rtburchak  qutichaman,

    Qolaversa har xil  shakldaman,

    Cho`ntagingga  sig`aman,

    Axborotlarni saqlay  olaman.

    Men  kimman………  (Fleshka)

 

8.  O`rgimchak to`riga o`xshayman,

     Seni ham domimga  tortaman,

     Bilimga  chanqoqlikni,  qondiraman,

     Xohlamaydi bazi birov,  qochishar mendan.

     Men  kimman………  (Internet)


9.  Hamma qurilmalardan  semizman.

     Menda  bordir plata, shina, ...

     Hamma qurilmalardan men tomon,

     Similar  kelar bo`lib  mehmon,

     Men  kimman………  (  Sistemalar  bloki)

 

10.  U  tillarni  biladi

       Bu tillarda so`zlashilmaydi

       Lekin u  yozaveradi,

       Bizga yordam beradi.         

       Bu qanday tilu ? U kim bo`ldi? (Dasturlash tili, dasturchi)

 

11Suratni bersang  menga,

       Olib beraman ekranga.

       Buyruq bersang menga,

       Ekrandagi  suratni,

       Chiqarib  beraman senga.  (skaner va  printer)

 

12.  Kompyuter yonar,

       U darrov  ishga tushar,

       Sichqoncha  bilan  boshqarilar,

       Nomi "K” harfidan boshlanar.  (kursor)

 

13.  Stolda turar taxtacha,

       Unda 102  tugmacha,

       Kompyuter olamiga kirasan.

       Tugmachani  bosishing bilan.   (Klaviatura)

 

2-boshlovchi: O`yinimiz  nihoyasiga yetdi. Hakamlardan guruhlarning  ballarini e`lon  qilishlarini  iltimos  qilamiz.


1-guruh  balli_________

2-guruh bali__________

 

G`olib  guruhga  dasturchi  o`z mukofotini   topshiriladi.
Kategoriya: Dars ishlanmalari | Ko'rildi: 3746 | Qo'shdi: Zorro | Reyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 0
Ism *:
E-mail:
Kod *:
Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Kalendar
«  May 2011  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024