Juma, 19.04.2024, 00:13
Assalomu alaykum saytimiz mehmonlari!

SehriyoInf.Ucoz.RU

Sayt menyulari
Bo'limlar ro'yhati
Mini chat
So'rovnoma
Saytga baho bering
Barcha javoblar: 502
Statistika

Barcha online: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0

Fayllar katalogi

Bosh sahifa » Fayllar » Mening fayllarim

Fayllarni arxivlash
09.05.2011, 15:48

Fayllarni arxivlash

Arxivlangan fayllar bilan ishlash

Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya'ni fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishda, nusxa olishda, saqlab qo`yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug`iladi.

Avvalo arxivlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy tushunchalarni kiritamiz, keyin arxivlash uchun ko`p qo`llaniladigan asosiy arxivatorlar (arxivlovchi programmalar) bilan tanishamiz.

Fayllarni arxivlash - fayllarni ma'lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o`chirilishi sodir bo`lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo`llaniladi. Arxivlash BACKUP paket programmasi orqali ham (Win95 muhitida) amalga oshiriladi. Bu programma haqidagi to`la ma'lumotlarni spravka bo`limidagi «fayllarni arxivlash» kalit so`zli komanda orqali olish mumkin.

Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo`llaniladigan, eski xujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo`llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo`lishi va unda har bir fayl alohida ko`rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko`p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma'lumotlarini qismlarga bo`lib disketalarga sig`adigan, qulay ko`rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi.

Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to`liq fayllar strukturasi bo`yicha yoki papkalar bo`yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko`p bo`lsa, ularni oldin bitta papkaga yig`ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma'lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi.

Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba'zi hollarda arxivlash natijasida boshlang`ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, programma fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi.

Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo`yicha farq qiladi. Foydalanuvchi har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo`yicha farqlaydi. Siqish turi shu arxivning formati deyiladi.

Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega bo`ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma'lumotlar saqlanadi:

- fayl nomi;

- fayl saqlanuvchi katalog haqida ma'lumot;

- faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti;

- faylning diskdagi va arxivdagi o`lchami;

- arxivning to`liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning siklik tekshirish kodi.

Arxiv fayllar ham oddiy fayllar kabi nomlanadi va maxsus kengaytirmaga ega bo`ladi. Masalan, PKZIP/PKUNZIP programmalaring fayllari .ZIP, ARJ programmasining fayllari .ARJ kengaytirmaga ega bo`ladi. Ko`p tomli fayllar uchun esa arxivning davomi A01, A02 va hakazo kengaytirmalar oladi.

ZIP-formatli arxiv imkoniyatliroq hisoblanadi. Bu turdagi arxivlar PKZIP arxivatori bilan yaratiladi. Arxivni ochish uchun PKUNZIP dan foydalaniladi (PKWARE-firmasi tomonidan yaratilgan). ZIP- formatli arxiv boshqa formatli arxivlardan arxivlash jarayonining tez amalga oshirilishi va yuqori darajada siqish imkonini berishi bilan ajralib turadi.

Hozirgi vaqtda ko`p qo`llaniladigan arxivatorlardan yana biri ARJ hisoblanadi (R.Yangom tomonidan yaratilgan). Bu arxivator arxivlash uchun ham, arxivdan chiqarish uchun ham hizmat qiladi. 

Xuddi shuningdek, ZIP va ARJlarga o`xshash formatlaydigan LHA (X.Yoshizaki) arxivatori ham mavjud.

Yana ko`p qo`llaniladigan arxivatorlardan biri RAR (YE.Roshal) hisoblanadi. Bu arxivator Norton Commander muhitida, foydalanuvchi interfeysi yordamida amalga oshiriladi. Ammo bu arxivatordan EPda foydalanish ancha noqulayliklar tug`diradi.

Endi ko`p qo`llaniladigan ZIP va ARJ arxivatorlarini ko`rib chiqamiz.

Fayllarni arxivlash buyrug`ining umumiy ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:

PKZIP holat arxiv_nomi [fayllar_nomlari] yoki

ARJ buyruq holat arxiv_nomi [katalog [fayllar_nomlari].

Bu buyruqlarning parametrlari:

- buyruq parametri bitta harfdan iborat bo`lib, u ARJ ning bajaradigan ishini ko`rsatadi. Masalan: A - arxivga fayllarni qo`shish, M - arxivga fayllarni ko`chirib o`tkazish va h.z.

- holat parametri «-» yoki «/» belgilari bilan boshlanib umumiy holda quyidagilarni bidirishi mumkin:

A (Add)-hamma fayllarni arxivga qo`shish;

U (Update)-yangi fayllarni arxivga qo`shish;

F (Freshen)-arxivdagi mavjud fayllarning yangi turlarini arxivga qo`shish;

- arxiv_nomi - arxiv nomi (yoki to`liq nomi) ko`rsatiladi. Agar ushbu fayl mavjud bo`lmasa u yangi tashkil etiladi;

- katalog - ARJ arxivatori uchun fayllar joylashgan papka nomini bildiradi. Agar u berilmagan bo`lsa katalog sifatida joriy papka olinadi;

- [fayllar_nomlari]-arxivlanuvchi fayllar nomlari bo`lib, ular bo`sh joy (probel)lar bilan ajratilgan holda ko`rsatiladi. Bunda * va ? belgilaridan ham foydalanish mumkin. Agar fayl nomi ko`rsatilmasa joriy papkadagi fayllarning hammasi arxivlanadi.

Misollar.

Faraz qilamiz Kurs1 degan faylni PKZIP va ARJ arxivatorlari yordamida arxivlamoqchimiz. Buni quyidagicha amalga oshiramiz

PKZIP - Kurslar Kurs1

ARJ A kurslar Kurs1

bu yerda Kurslar hosil qilinuvchi arxiv nomi.

Arxivni ochish uchun

PKUNZIP -Kurslar

ARJ E Kurslar

buyrug`i beriladi. ARJ programmasidagi YE buyrug`i o`rniga X buyrug`i berilsa arxivdagi fayllar ochilib, mos kataloglarga yoziladi.

Arxivdagi fayllar ro`yxatini ko`rish uchun

PKUNZIP -V Kurslar

ARJ L Kurslar

buyrug`idan foydalaniladi.

Bundan tashqari shu arxivatorlar yordamida arxivlanadigan fayllarni himoyalash maqsadida parol o`rnatish imkoniyati ham mavjud bo`lib, u quyidagicha amalga oshiriladi:

 PKZIP Kurslar -sParol

ARJ A Kurslar -gParol

bu yerda -s va -g maxsus himoya belgilari va Parol foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan yashirin so`z. Parolli arxiv fayllarni ochish vaqtida ham maxsus himoya belgilari-yashirin so`zlarni kiritish kerak bo`ladi, aks holda arxiv ochilmaydi.

PKZIP va ARJ  programmalari fayllarni avtomatik tarzda katta tezlikda va optimal darajada siqish imkonini beradi. Agar maksimal darajada siqish zarurati tug`ilganda holat parametrida mos ravishda -YEX va -JM holatlari beriladi.

Oxirgi yaratilgan arxivatorlar foydalanuvchi ishini yengillashtirgan holda sodda ko`rinishda amalga oshirishga qaratilgan. Shulardan NC (Norton Commander 7.0)da va ko`p qirrali Norton Navigator muhitida ham amalga oshiruvchi arxivatorlar mavjud.

Foydalanuvchi interfeyslarini o`zida jamlagan, ko`p imkoniyatli WinZip (Nico Vfr Computing kompaniyasi tomonidan yaratilgan) arxivatori Windows 95 muhitiga mo`ljallangan. Bu arxivator ishlash uchun qulay va yetarlicha universal bo`lib, u har xil formatlar bilan baravariga ishlashni amalga oshirish hamda shu kabi boshqa bir qator imkoniyatlarni ham yaratib beradi.

Norton Navigator muhitida Norton file Archive Wizard boshqaruvchisi mavjud bo`lib, bu arxivator ZIP va LZH formatli arxivlarni yaratadi. Uning yordamida bir tomli yoki ko`p tomli arxivlar yaratish mumkin. Shuningdek o`zi ochiluvchi (kengayuvchi) kengaytmasi EXE bo`lgan arxivlar ham yaratiladi.
Kategoriya: Mening fayllarim | Qo'shdi: Zorro
Ko'rildi: 6670 | Ko'chirilgan: 0 | Izohlar: 2 | Reyting: 3.0/7
Barcha izohlar: 2
2 elbek  
0
Salom

1 giyos  
0
yahshi

Ism *:
E-mail:
Kod *:
Sayt muallifi
Saytdan qidirish
Ob-havo ma'lumoti
Ob-havo
Block title
Block title
O'zbek bayramlari

Koson 2024